"HTML dasturiy tilini o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma iqtisodiy yo'nalishda zamonaviy informatsion texnologiyalar fani bo'yicha ta'lim olayotgan oliy o'quv yurtlarining talabalari hamda maktab o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan bo'lib, unda gipermatnlarni belgilash dasturiy tilining asosiy imkoniyatlari, tushunchalari, dasturlar tuzish qoidalari va buyruqlari batafsil yoritilgan. Bir qancha amaliy misol va masalalarni yechish hamda tahlil qilish yordamida gipermatnlarni belgilash dasturiy tili imkoniyatlari orqali bajarila olinishi mumkin bo'lgan ishlar tushuntirilgan. Ushbu amaliy dasturlash tili bilan tanish bo'lmagan talabalar yoki unda ishlash tajribasi bor insonlar uchun ham qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar foydali bo'lib, ularning malakasini yanada oshirish uchun hizmat qiladi. Gipermatnlarni belgilash dasturiy tilida ishlash bo'yicha mavzularning ketma-ket berilishi va ma'nosi talabalarning o'rganilayotgan amaliy dastur bo'yicha chuqur hamda atroflicha nazariy va amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan.
Категория: учебно-методические пособия
Правообладатель: Kitobxon
Легальная стоимость: 178.73 руб.
Ограничение по возрасту: 0+
Комментарии ():