Сени қизғонаман

3.6 из 5, отдано 17 голосов

Bu kitobning bag'ridagi she'rlardan yuragi ishq iztirobi bilan yonayotgan oshiq-ma'shuqlar yuraklariga taskin-malham oladi. Muhabbatda adashganlarga to'g'ri yo'l-sadoqat va vafodorlik yo'li bilan saodatga eltuvchi she'rlari yo'lbonlik qilsa ajab emas. Manmanlik vasvasasiga giriftor bo'lganlarga mansab omonat, boylik qo'lni kiri ekanligini uqtirib, hovrini tushirib qo'yguvchi falsafiy misralar bor-ki, ular inson qilmishlarini o'lchashda adolat tarozusiga qo'yiladigan oltin toshday qadrlidir. Vatan bu oddiy qo'nalg'a emas, balki yurak otashidan yaralgan buyuk ne'mat degan tushuncha, qaynoq misralar ruhiyatga bahor shabadasiday yoqimli oqib kirayotganday bo'ladi. Mazkur gullagan she'r daraxtining guli iforli, mevasi totli. Bir so'z bilan aytganda, bu to'plamda xalqimizning komil insonlarini tarbiyalashda nima zarur ma'ni-hikmatlar kerak bo'lsa mazkur she'rlardagi misralardan topish mumkin.

Категория: стихи и поэзия

ISBN: 978-9943-350-86-1

Правообладатель: Kitobxon

Легальная стоимость: 131.24 руб.

Ограничение по возрасту: 0+

Читать книгу «Сени қизғонаман» онлайн:

Комментарии ():